Yunusobodda yangi gaz taqsimlash punkti o‘rnatilmoqda
Yunusobodda yangi gaz taqsimlash punkti o‘rnatilmoqda
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahrining Yunusobod tumanida eskirgan uskunalar o‘rniga zamonaviy gaz taqsimlash punkti o‘rnatilmoqda. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.
Yangi obyekt Italiya texnologiyalari asosida ishlab chiqarilgan uskunalar bilan jihozlanmoqda. Uning tabiiy gaz o‘tkazish quvvati soatiga 122 ming kub metrgacha yetadi.
Uskunalar Selsiy bo‘yicha −20 darajadan +60 darajagacha bo‘lgan haroratda barqaror ishlashga mo‘ljallangan. Gaz taʼminotining barcha jarayonlarini onlayn rejimda nazorat qilish, jumladan, masofadan boshqarish imkoniyati ham yaratiladi.
Hokimlik maʼlumotiga ko‘ra, loyihani amalga oshirish gaz taʼminoti tizimining ishonchliligini oshirish hamda kuz-qish mavsumida isteʼmolchilarni xavfsiz, barqaror va uzluksiz gaz bilan taʼminlash imkonini berishi kutilmoqda.