O'zbekiston va Hyundai Rotem temir yo'llarni modernizatsiya qilishni muhokama qilishdi
O'zbekiston va Hyundai Rotem temir yo'llarni modernizatsiya qilishni muhokama qilishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 21-aprel sanasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bosh muhandisi Sh.T. Kadirov hamda “Hyundai Rotem” va “Saman Corporation” kompaniyalari ishtirokida temir yo‘l uchastkalarida infratuzilmani o‘rganish hamda modernizatsiya ishlarini amalga oshirish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ–391-son qaroriga muvofiq, 2030-yilga qadar mahalliy yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish ko‘rsatkichlarini oshirish hamda hududlarni zamonaviy temir yo‘l xizmatlari bilan qamrab olish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan Angren–Pop va Toshg‘uzor–Boysun–Qumqo‘rg‘on temir yo‘l uchastkalarini modernizatsiya qilish orqali 2030-yilgacha Andijon, Namangan, Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlariga tezyurar elektropoyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yish ishlari amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, Janubiy Koreya Respublikasining “Hyundai Rotem” kompaniyasi va O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.