O'zbekiston va Gulf Oil yoqilg'i loyihalarini tezlashtiradi

O'zbekiston va Gulf Oil yoqilg'i loyihalarini tezlashtiradi

O'zbekiston va Gulf Oil yoqilg'i loyihalarini tezlashtiradi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 22-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Amerika Qo‘shma Shtatlarining Gulf Oil kompaniyasi vitse-prezidenti Kreyg Krammer bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Gulf Oil - 1901-yilda tashkil etilgan Amerikaning nufuzli neft kompaniyasi bo‘lib, uning bosh qarorgohi AQShning Massachusets shtati Framingen shahrida joylashgan. Kompaniya GULF brendi ostida neftni qayta ishlash, neft mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish borasida bir asrdan ziyod boy tajribaga ega.

Muloqot davomida O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan joriy loyihalar, xususan, yoqilg‘i infratuzilmasi ob’ektlarini barpo etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Tomonlar qo‘shma ishchi guruhini shakllantirish orqali loyihalarni jadallashtirishga hamda yoqilg‘i quyish majmualari sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha o‘zaro aloqalarni faollashtirishga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling