Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — “NKMK” AJ faoliyati navbatdagi ISO 37301:2021 xalqaro standarti talablariga muvofiqligi muvoffaqiyatli auditdan o‘tkazildi. Ushbu audit natijasi bo‘yicha mazkur xalqaro sertifikatni topshirishga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
ISO 37301:2021 “Komplayens-menejment tizimi” xalqaro standarti samarali va keng tarqalgan boshqaruv tizimi bo‘lib, tashkilotga tegishli qonun, qoidalar, standartlar, shuningdek, boshqaruv standartlari, ilg‘or amaliyotlar, axloqiy standartlar va jamoatchilik kutilmalariga rioya qilishini tasdiqlovchi xalqaro standarti hisoblanadi.
Tadbirda mazkur standartni joriy etishda O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining metodologik jihatdan ko‘rsatgan yordami alohida eʼtirof etildi.
NKMK o'zining ISO 37301 xalqaro standartiga muvofiqligini tasdiqladi
Dilafro'z Niyazova
Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.