O‘zbekiston va AQSH biznes hamkorligini kengaytirishni muhokama qildi

O‘zbekiston va AQSH biznes hamkorligini kengaytirishni muhokama qildi

O‘zbekiston va AQSH biznes hamkorligini kengaytirishni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQSH savdo vaziri o‘rinbosari Devid Fogel bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda tomonlar savdo, investitsiyalar va hamkorlikning yangi yo‘nalishlari sohasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Muzokaralar markazida O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, shuningdek, O‘zbekistondagi investitsiya va infratuzilma loyihalarida Amerika biznesining ishtirokini oshirish masalalari bo‘ldi.

Qayd etilishicha, Amerika kompaniyalari tomonidan bunday tashabbuslarga bo‘lgan qiziqish izchil ortib bormoqda.

Saida Mirziyoyeva ushbu qiziqish aniq kelishuvlarga aylanishi, yangi ish o‘rinlari yaratilishi va mamlakat iqtisodiy imkoniyatlarining kengayishi muhimligini taʼkidladi.

Shuningdek, tomonlar Amerika–O‘zbekiston biznes va investitsiya kengashi faoliyatini ham ko‘rib chiqdi.

Taʼkidlanishicha, mazkur mexanizm ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida o‘zaro anglashuvni mustahkamlash va O‘zbekiston hamda AQSH biznesi o‘rtasida amaliy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling