O'zbekiston va ACWA Power yangi investitsiya loyihalarini muhokama qilishdi

O'zbekiston va ACWA Power yangi investitsiya loyihalarini muhokama qilishdi

O'zbekiston va ACWA Power yangi investitsiya loyihalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 4-may kuni Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar Kengashining 59-yillik anjumani doirasida Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi rahbari Muhammad Abunayyan hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda “Vision Invest” kompaniyasining prezidenti va ijrochi direktori Omar al Midani hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Ilhomjon Umrzakov va boshqa mas’ul vakillar ishtirok etdi.

Muloqot davomida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, birgalikda amalga oshirilayotgan loyihalar va ularning natijalari, hamkorlikni yangi yo‘nalishlar bilan boyitish hamda qo‘shma loyihalar ko‘lamini kengaytirish yuzasidan muhokamalar olib bordi.

Xususan, muhokamalarda tomonlar davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilayotgan loyihalar, jumladan, sog‘liqni saqlash – Farg‘onada ko‘p tarmoqli shifoxona barpo etish loyihasini samarali tashkil etish, transport sohasida infratuzilmani rivojlantirish, shu jumladan, “Yangi Toshkent” xalqaro aeroporti loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirish hamda yashil energiya ishlab chiqarish sohasidagi loyihalarga alohida urg‘u berildi.

Shuningdek, uchrashuvda mamlakatimizda makroiqtisodiy rivojlanish borasida erishilayotgan natijalar, raqamli rivojlanish, kommunikatsiya va IT sohalarida yangi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish hamda samarali va manfaatli loyihalar ko‘lamini kengaytirishga kelishib oldi.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling