O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

O‘zbekiston U-19 terma jamoasi nazorat uchrashuvida Turkiyaga mag‘lub bo‘ldi

Dilafro'z Niyazova · 12.01.2026 · 12:25 · 2879 views
O‘zbekiston U-19 terma jamoasi nazorat uchrashuvida Turkiyaga mag‘lub bo‘ldi
O‘zbekiston U-19 terma jamoasi nazorat uchrashuvida Turkiyaga mag‘lub bo‘ldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonning o‘smirlar terma jamoasi 2026 yil 11 yanvar kuni Turkiya tengqurlari bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi maʼlum qilishicha, bahs Turkiya jamoasining 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan.

O‘zbekiston terma jamoasi safida Kuvonch Abrayev va Shorahim Shorahmedov gol muallifi bo‘lishdi, biroq ularning aniq zarbalari jamoani mag‘lubiyatdan saqlab qolishga yetarli bo‘lmadi.