O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

O‘zbekiston terma jamoasi BAAdagi nazorat uchrashuvida Armanistonning “Urartu” klubini mag‘lub etdi

UzDaily · 31.01.2026 · 14:05 · 1233 views
O‘zbekiston terma jamoasi BAAdagi nazorat uchrashuvida Armanistonning “Urartu” klubini mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi BAAdagi nazorat uchrashuvida Armanistonning “Urartu” klubini mag‘lub etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazilayotgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida ikkinchi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi.

O‘zbekiston terma jamoasining raqibi Armanistonning “Urartu” klubi bo‘ldi. Uchrashuv O‘zbekiston terma jamoasining 4:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Milliy jamoa safida gollar mualliflari sifatida 35-daqiqada hisobni ochgan Alisher Odilov, 58-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol etgan Javohir Husanov, shuningdek 62 va 70-daqiqalarda dubl qayd etgan Avazbek Ulmasaliyev ajralib turdi.

UzDaily · 👁 1233 views · 31.01.2026 · 14:05