O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

O‘zbekiston taekvondochilari Seulda 12 ta medalni qo‘lga kiritdi

UzDaily tahririyati · 28.07.2026 · 21:35 · 27 views
O‘zbekiston taekvondochilari Seulda 12 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston taekvondochilari Seulda 12 ta medalni qo‘lga kiritdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreya Respublikasining Seul shahrida o‘tkazilgan taekvondo WT bo‘yicha «Kim Un Yong Cup» xalqaro turnirida 12 ta medalni qo‘lga kiritdi. O‘zbekistonlik sportchilar hisobida uchta oltin, ikkita kumush va yettita bronza medal bor.

Jahongir Xudoyberdiyev 54 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida, Jasurbek Jaysunov 80 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida, Ozoda Sobirjonova esa 67 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida oltin medallarga sazovor bo‘ldi.

Yana ikki kumush medalni 58 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Asadbek Samandarov va 80 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Yodgorbek Jo‘raboyev qo‘lga kiritdi.

Nazarali Nazarov 63 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida, Ayubxon Nabiyev 68 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida, Laylo Hasanova 53 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida, Madina Mirabzalova va Shabbona Abduvaliyeva 57 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida, Mohidil O‘ktamjonova 62 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida, Iroda Mirtodjiyeva esa 73 kilogrammdan yuqori vazn toifasida turnirning bronza medallariga sazovor bo‘ldi.