O‘zbekiston taekvondo CHMda 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston taekvondo CHMda 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston taekvondo CHMda 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Taekvondo WT bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati poytaxtda yakunlandi va O‘zbekiston terma jamoasi uchun tarixiy natija bilan esda qoldi. Musobaqada 115 mamlakatdan qariyb 1000 nafar sportchi ishtirok etdi va yakuniy umumjamoa hisobida O‘zbekiston termasi kuchli uchlikdan joy oldi.

O‘zbekiston terma jamoasi musobaqani oltita medal bilan yakunladi: uchta oltin, ikkita kumush va bitta bronza.

Bu natija mamlakatning taekvondo bo‘yicha jahon chempionatlaridagi eng yaxshi ko‘rsatkichiga aylandi.

Oltin medallarni 48 kg gacha vazn toifasida Yosinbek Odilov, 51 kg gacha bo‘lgan toifada Asadbek Samandarov, shuningdek 63 kg gacha vaznda ishtirok etgan Mohidil O‘ktamjonova qo‘lga kiritdi.

Kumush medallar 68 kg gacha vaznda Ayubxon Nabiyev va 78 kg dan yuqori vazn toifasida Alisher Pak hissasiga to‘g‘ri keldi. Bronza medalni esa 45 kg gacha vaznda Shohjahon Xolmurodov qo‘lga kiritdi.

Alohida qayd etilishicha, O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 405 ochko to‘plab, eng ko‘p ochko jamg‘argan jamoa sifatida birinchi o‘rinni egalladi va sportchilar tayyorgarligining yuqori darajasini hamda mamlakatda taekvondo maktabining barqaror rivojlanayotganini tasdiqladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling