O‘zbekiston SSP rahbari Afg‘onistonga avtomobillar eksportini kengaytirishga chaqirdi

O‘zbekiston SSP rahbari Afg‘onistonga avtomobillar eksportini kengaytirishga chaqirdi

O‘zbekiston SSP rahbari Afg‘onistonga avtomobillar eksportini kengaytirishga chaqirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahabov Afg‘oniston avtomobil bozorining katta eksport salohiyatiga ega ekanini taʼkidlab, bu o‘zbek biznesi uchun yangi yo‘nalishni shakllantirish imkonini berishini bildirdi.

SSP baholashlariga ko‘ra, Afg‘onistonga ehtimoliy eksport hajmi yiliga 100 mingta avtomobilgacha yetishi mumkin, bu taxminan 500 mln AQSH dollariga teng bozorni tashkil etadi. Asosiy eʼtibor ikkinchi qo‘l avtomobillar yetkazib berishga qaratilgan bo‘lib, ular tadbirkorlar uchun yangi daromad manbai va eksport oqimlarini diversifikatsiya qilish vositasiga aylanishi mumkin.

SSP rahbarining maʼlumotlariga ko‘ra, Afg‘oniston aholisi taxminan 40 million nafarni tashkil etadi, yillik ikkinchi qo‘l avtomobillarga bo‘lgan ehtiyoj esa 250–300 ming dona atrofida baholanmoqda.

Hozirgi vaqtda avtomobillarning asosiy qismi AQSH va Yaponiyadan BAA orqali Eron va Pokiston hududlari orqali tranzit yo‘li bilan keltiriladi. Biroq mintaqadagi geosiyosiy keskinlik sababli anʼanaviy logistika yo‘nalishlarining bir qismi cheklangani qayd etilmoqda.

Shu munosabat bilan Davron Vahabov o‘zbek tadbirkorlarini Afg‘oniston bozoriga chiqish imkoniyatlarini faolroq ko‘rib chiqishga chaqirdi. Jumladan, Lacetti, Nexia, Matiz va Spark modellarini yetkazib berish masalalariga eʼtibor qaratildi. Uning taʼkidlashicha, SSP yetkazib berishni tashkil etishda, jumladan Mazori Sharif va Kobul bozorlariga chiqishda biznesni qo‘llab-quvvatlashga tayyor.

Shuningdek, Afg‘oniston bozorida hisob-kitoblar asosan naqd pul shaklida amalga oshirilishi taʼkidlandi. SSP rahbari so‘zlariga ko‘ra, tegishli idoralar bilan birgalikda mablag‘larni O‘zbekistonga qonuniy qaytarishni taʼminlaydigan mexanizmlar ishlab chiqilmoqda.

Qayd etilishicha, avtomobillar eksportini rivojlantirish Afg‘oniston bozoriga Chevrolet avtomobillari uchun ehtiyot qismlar yetkazib berish imkoniyatlarini ham kengaytiradi.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling