O‘zbekiston-Serbiya hamkorligini kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekiston-Serbiya hamkorligini kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekiston-Serbiya hamkorligini kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasining Serbiyaga rasmiy tashrifi doirasida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Serbiya Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - iqtisodiyot vaziri Adriana Mesarovich bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Adriana Mesarovich O‘zbekistonda gender tenglikni taʼminlash, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi ishtirokini kengaytirish va qarorlar qabul qilish jarayonlarida ularning rolini kuchaytirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarni yuqori baholab, bu mamlakat iqtisodiy rivoji uchun muhim ekanligini qayd etdi.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston-Serbiya savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. O‘zaro tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, sanoat, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, axborot texnologiyalari va elektron tijorat sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

To‘qimachilik sanoatida sheriklikni rivojlantirish, shu jumladan, qo‘shma korxonalar tashkil etish va ikki mamlakat korxonalari o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini kengaytirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi taʼkidlandi.

Hamkorlikning mavjud salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish uchun O‘zbekiston va Serbiya  xalqlari manfaatlari yo‘lida ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish muhimligi taʼkidlandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling