Iqtisod

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti "Oppenheimer Holdings" kompaniyasi rahbarini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti "Oppenheimer Holdings" kompaniyasi rahbarini qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti "Oppenheimer Holdings" kompaniyasi rahbarini qabul qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Oppenheimer Holdings” kompaniyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori Robert Loventalni qabul qildi.

“Oppenheimer” - Amerikaning mustaqil investitsiya banki bo‘lib, dunyo miqyosida investitsiya va bank xizmatlari, moliyaviy maslahat, kapital bozorlari va aktivlarni boshqarish xizmatlarini taqdim etadi.

Xoldingning O‘zbekistonda xususiy biznes loyihalarini rivojlantirish va yevrobondlar chiqarishga qo‘shayotgan hissasi qayd etildi. Xususiy sektorni moliyalashtirish dasturlarini kengaytirish rejalari qo‘llab-quvvatlandi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.