O‘zbekiston qizlari Osiyo U20 chempionatida besh medal oldi
O‘zbekiston qizlari Osiyo U20 chempionatida besh medal oldi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Tailandda davom etayotgan 20 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi sport kurashi bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston ayollar terma jamoasi beshta medalni qo‘lga kiritdi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik sportchilar bitta oltin, bitta kumush va uchta bronza medalga sazovor bo‘ldi.
65 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Muxayyo Narzilloyeva Osiyo chempioni unvonini qo‘lga kiritdi.
50 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Shohista Shonazarova kumush medal sohibasi bo‘ldi.
Feruza Qayratdinova 62 kilogrammgacha, Muxayyo Rahimjonova 68 kilogrammgacha va Sevinchoy Polvonova 76 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifalarida bronza medallarni qo‘lga kiritdi.
Sport kurashi bo‘yicha U20 Osiyo chempionati Tailandda davom etmoqda.