O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

O‘zbekiston Prezidenti Rossiya Federatsiyasiga keldi

Dilafro'z Niyazova · 09.05.2026 · 09:32 · 740 views
O‘zbekiston Prezidenti Rossiya Federatsiyasiga keldi
O‘zbekiston Prezidenti Rossiya Federatsiyasiga keldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-may kuni amaliy tashrif bilan Moskvaga keldi.

“Vnukovo” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Mixail Galuzin va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Ertaga mamlakatimiz yetakchisi Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 81 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi.