O‘zbekiston

O‘zbekiston Prezidenti IIV tizimidagi bir nechta rahbarlarni lavozimidan ozod qildi

O‘zbekiston Prezidenti IIV tizimidagi bir nechta rahbarlarni lavozimidan ozod qildi
O‘zbekiston Prezidenti IIV tizimidagi bir nechta rahbarlarni lavozimidan ozod qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ichki ishlar vazirligi tizimidagi qator rahbarlarni lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror va farmoyish imzoladi.

Shu jumladan, Bekmurod Tojimirzayevich Abdullayev O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek, Rustam Raxmonovich Tursunov O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.