O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
O‘zbekiston

O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan AQSHga jo‘nab ketdi

Dilafro'z Niyazova · 20.09.2025 · 18:30 · 1835 views
O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan AQSHga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan AQSHga jo‘nab ketdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi tadbirlarida ishtirok etish uchun 20-sentyabr kuni amaliy tashrif bilan Nyu-York shahriga jo‘nab ketdi.

Davlatimiz rahbari Bosh Assambleya yalpi sessiyasi umumiy munozaralarining birinchi kunida nutq so‘zlaydi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish, qator xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazadi.

Sammit doirasida nufuzli xalqaro moliya institutlari rahbarlari bilan uchrashuvlar, AQSHning yetakchi kompaniyalari va investitsiya tuzilmalari ishtirokida tadbirlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.