Iqtisod

Toşkent viloyati va Belarus hududlararo hamkorlikni rivojlantirmoqda

Toşkent viloyati va Belarus hududlararo hamkorlikni rivojlantirmoqda
Toşkent viloyati va Belarus hududlararo hamkorlikni rivojlantirmoqda / Foto: Toşkent viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Belarus Respublikasiga taşrifi doirasida Belarus Milliy majlisi Respublika Kengaşi raisi Natalya Koçanova bilan uçraşdi. Tomonlar hududlararo aloqalarni rivojlantiriş, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş va qöşma loyihalarni amalga oşiriş masalalarini muhokama qildi.

Uçraşuvda ikki mamlakat hududlari örtasidagi şeriklikni mustahkamlaş, mavjud salohiyatdan samarali foydalaniş, şuningdek, iqtisodiy va gumanitar sohalarda amaliy taşabbuslarni ilgari surişga alohida e’tibor qaratildi.

Belarus tomoni Toşkent viloyati mamlakatning işonçli hamkori ekanini ta’kidladi. Ayni paytda amalga oşirilayotgan qöşma loyihalar hajmi qariyb 55 million dollarni taşkil etmoqda.

Hamkorlikning istiqbolli yönalişlaridan biri çorvaçilikni rivojlantiriş hisoblanadi. Toşkent viloyati delegatsiyasining joriy taşrifi doirasida Belarus hududida 10 ming boş qoramolga möljallangan çorvaçilik majmuasini quriş loyihasi amalga oşirilmoqda. Keyinçalik mahsulotlarni çuqur qayta işlaş ham rejalaştirilgan.

Muzokaralar iştirokçilari oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaş böyiça qöşma dasturlarni amalga oşiriş imkoniyatlarini ham batafsil körib çiqdi.

Uçraşuv yakunida tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş, hamkorlikning yangi yönalişlarini özlaştiriş hamda Özbekiston va Belarus xalqlari örtasidagi döstona munosabatlarni mustahkamlaşda hududlararo muloqot muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Muzokaralar ikki mamlakat hududlari örtasidagi uzoq muddatli şeriklikni yana-da rivojlantiriş, özaro manfaatli taşabbuslar va amaliy loyihalarni ilgari surişga qaratilgan.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.