O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Janubiy Koreyaga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi

Dilafro'z Niyazova · 12.11.2025 · 22:03 · 7955 views
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Janubiy Koreyaga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Janubiy Koreyaga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi futbol bo‘yicha Janubiy Koreyaga ikki bellashuvdan iborat o‘rtoqlik uchrashuvlarining birinchisida mag‘lubiyatga uchradi.

Ravshan Haydarov shogirdlari 0:2 hisobida yengildi, gollar 56- va 89-daqiqalarda kiritildi.

Jamoalar o‘rtasidagi ikkinchi o‘yin 15 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.