O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeyev Eronning “Persepolis” klubiga o‘tdi

Dilafro'z Niyazova · 05.01.2026 · 21:38 · 3217 views
O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeyev Eronning “Persepolis” klubiga o‘tdi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeyev Eronning “Persepolis” klubiga o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeyev Eronning “Persepolis” futbol klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub o‘zining rasmiy ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali maʼlum qildi.

O‘tgan mavsumda Sergeyev Toshkentning “Paxtakor” jamoasi safida to‘p surib, O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi to‘purariga aylandi va 20 ta gol muallifi bo‘ldi.

Hujumchi milliy terma jamoa safida 80 dan ortiq uchrashuv o‘tkazgan. Shuningdek, uning faoliyatida O‘zbekiston, Xitoy, BAA, Qozog‘iston va Tailand chempionatlarida ishtirok etgan tajribasi ham mavjud.