O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Urozov “Rubin”ga o‘tdi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Jahongir Urozov ijara asosida Qozonning “Rubin” klubiga o‘tdi. Bu haqda Rossiya futbol klubi maʼlum qildi.
“Rubin” va Samarqandning “Dinamo” klubi o‘rtasidagi ijara shartnomasi 2026 yil oxiriga qadar amal qiladi. 22 yoshli futbolchi yangi jamoasida 13-raqam ostida to‘p suradi.
Rossiya klubiga o‘tishidan avval Urozov Samarqandning “Dinamo” jamoasida to‘p surgan, shuningdek, O‘zbekistonning “Bunyodkor” hamda Turkiyaning “Eyupspor” klublari sharafini himoya qilgan.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida himoyachi oltita uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urgan. Shuningdek, u yaqinda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatining ikki uchrashuvida ham ishtiro