O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

O‘zbekiston GREEN14 va TASCA bilan loyihalarni muhokama qildi

UzDaily · 24.04.2026 · 15:15 · 607 views
O‘zbekiston GREEN14 va TASCA bilan loyihalarni muhokama qildi
O‘zbekiston GREEN14 va TASCA bilan loyihalarni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida vazir oʻrinbosari R.Yusupov, tegishli bo‘linmalar rahbarlari hamda GREEN14 (Shvetsiya) va TASCA (Singapur) kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiya o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv “OKMK” AJ va “OʻzTMK” AJ sohadagi strategik loyihalarni boshlash va yangi texnologik yechimlarni joriy etish boʻyicha muloqotning mantiqiy davomi bo‘ldi.

Shuningdek, tomonlar taqdim etilgan texnologik yechimlarni amaliyotga tatbiq etish va istiqbolli loyihalarni birgalikda ishlab chiqish yuzasidan fikr almashdilar.