O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi «Turkish Open» turnirida birinchi o‘rinni egalladi

Dilafro'z Niyazova · 02.04.2026 · 00:02 · 823 views
O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi «Turkish Open» turnirida birinchi o‘rinni egalladi
O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi «Turkish Open» turnirida birinchi o‘rinni egalladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Turkiyaning Antaliya shahrida taekvondo WT bo‘yicha G2 toifali xalqaro «Turkish Open» turniri yakunlandi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi yuqori tayyorgarlik darajasini namoyon etib, 3 ta oltin va 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi. Ushbu natija jamoaga erkaklar terma jamoalari o‘rtasida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallash imkonini berdi.

Milliy terma jamoa tarkibida oltin medallarni qo‘lga kiritgan sportchilar:
54 kg vazn toifasida — Dilmurod Maʼrufjonov;
58 kg gacha — Omonjon Otajonov;
80 kg gacha — Jasur Jaysunov.

Turnirning bronza sovrindorlari:
54 kg vazn toifasida — Jahongir Xudoyberdiyev;
68 kg gacha — Diyorbek Tuxliboyev.

O‘zbek sportchilarining nufuzli xalqaro turnirdagi muvaffaqiyatli ishtiroki mamlakatda taekvondo sport turining yuqori darajada rivojlanganini hamda milliy terma jamoa tayyorgarligi samaradorligini yana bir bor tasdiqladi.