O'zbekiston Anadolu Isuzu bilan avtobuslarni yangilash bo'yicha muzokaralar olib bordi

O'zbekiston Anadolu Isuzu bilan avtobuslarni yangilash bo'yicha muzokaralar olib bordi

O'zbekiston Anadolu Isuzu bilan avtobuslarni yangilash bo'yicha muzokaralar olib bordi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov hamda “Anadolu Isuzu” kompaniyasi bosh direktori Tug‘rul Arikan o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar avtobus parkini yangilash va jamoat transportini rivojlantirish sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama etishdi. Xorijiy tomon o‘zining avtobus ishlab chiqarish borasidagi faoliyati va imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumot taqdim etdi.

Kompaniya vakillariga mamlakatimiz transport tizimini modernizatsiya qilish, jumladan, jamoat transportini moliyalashtirishning yangi brutto-shartnoma tizimi, harakat tarkibini yangilash hamda sig‘imi kattaroq transportga o‘tish orqali yo‘nalishlar tarmog‘ini optimallashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, tomonlar dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha kelgusidagi hamkorlik imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling