O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekiston yarim yilda limon eksportini 7% oshirdi

UzDaily · 01.08.2025 · 18:45 · 445 views
Oʻzbekiston yarim yilda limon eksportini 7% oshirdi

Oʻzbekiston yarim yilda limon eksportini 7% oshirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekiston 1 908 tonna limon eksport qilgan. Eksport hajmi 3 million AQSH dollarini tashkil etgan.

Bu ko‘rsatkich 2024 yilning shu davriga nisbatan 127 tonna yoki 7,1% ga ko‘pdir.

O‘zbek limonlarining asosiy xaridorlari — Rossiya (1 087 tonna), Qozog‘iston (734 tonna) va Qirg‘iziston (82 tonna) bo‘ldi. Boshqa davlatlarga esa jami 5 tonna limon yetkazib berilgan.

UzDaily · 👁 445 views · 01.08.2025 · 18:45