O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Oʻzbekiston Xitoyning CES kompaniyasi bilan elektronika sohasida hamkorlikni muhokama qildi

UzDaily · 19.06.2026 · 09:20 · 27 views
Oʻzbekiston Xitoyning CES kompaniyasi bilan elektronika sohasida hamkorlikni muhokama qildi

Oʻzbekiston Xitoyning CES kompaniyasi bilan elektronika sohasida hamkorlikni muhokama qildi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov hamda China Electronics Shenzhen (CES) kompaniyasi raisi Chen Wenhay boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

45 yillik tajribaga ega CES bugungi kunda 100 dan ortiq mamlakat va hududda faoliyat yuritadi, 10 mingdan ortiq xorijiy mijoz hamda 100 mingdan ziyod ishlab chiqaruvchi korxona bilan hamkorlik qiladi. Kompaniyaning 2025-yildagi yillik tushumi 4,5 milliard AQSH dollarini tashkil etgan.

Muloqot davomida elektronika, yarim o‘tkazgichlar hamda yashil energetika sohalarida strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

UzDaily · 👁 27 views · 19.06.2026 · 09:20