Oʻzbekiston va Yaponiya JAPANISTAN loyihasini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Yaponiya JAPANISTAN loyihasini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Yaponiya JAPANISTAN loyihasini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sandjar Tadjiyev Yaponiya Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Cool Japan Initiative” dasturi prodyuseri, “Cool Japan Public-Private Partnership” platformasi rahbari hamda “XPJP Inc.” kompaniyasi rahbari Kenichi Vatanabe bilan uchrashdi.

Tomonlar O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida madaniy hamda kreativ industriyalar sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish va “JAPANISTAN” nomli loyihani amalga oshirish yuzasidan hamkorlik yo‘nalishlarini ko‘rib chiqdilar.

Uchrashuvda, shuningdek, O‘zbekiston va Yaponiya televideniyelarida turizm sohasiga oid kontentlarni namoyish etish, mamlakatimiz turizm salohiyatini keng yoritib beruvchi maxsus televizion dasturlarni efirga uzatish hamda media makonda hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling