Oʻzbekiston va Ukraina farmatsevtika sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Ukraina farmatsevtika sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Ukraina farmatsevtika sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Ukraina delegatsiyasi bilan farmatsevtika sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida o‘zbek tomoni so‘nggi yillarda farmatsevtika sohasida amalga oshirilgan transformatsiya jarayonlari, xususan mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish, xalqaro sifat standartlarini joriy etish hamda qulay investitsiya muhitini shakllantirishga qaratilgan islohotlar yuzasidan batafsil maʼlumot berdi.

Shuningdek, mamlakatimiz farmatsevtika tarmog‘ining o‘sish dinamikasi, ishlab chiqarish quvvatlarining kengayishi, infratuzilmaning rivojlanishi hamda xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot taqdim etildi. Xalqaro hamkorlik uchun mavjud imkoniyatlar va istiqbolli yo‘nalishlar alohida qayd etildi.

Muzokaralar jarayonida farmatsevtika sohasida regulyator tizimini yana-da takomillashtirish va tizimlashtirish masalalari ham muhokama qilinib, bu yo‘nalish mahsulotlar sifati va xavfsizligini taʼminlash, jarayonlar shaffofligini oshirish hamda xalqaro hamkorlar ishonchini mustahkamlashda muhim omil ekani taʼkidlandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar farmatsevtika sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yana-da rivojlantirish va konstruktiv muloqotni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling