Oʻzbekiston va Si Jie Stone yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish masalasini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Si Jie Stone yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish masalasini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Si Jie Stone yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish masalasini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 9-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida vazir o‘rinbosari Ilzat Kasimov hamda “Si Jie Stone” kompaniyasi rahbari Lian Xuaymin o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot chog‘ida o‘zaro investitsiyaviy sheriklikni kengaytirish va yurtimiz hududlarida istiqbolli ishlab chiqarish quvvatlarini safarbar etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Xususan, xorijiy investor tomonidan umumiy qiymati salmoqli bo‘lgan ikkita yirik loyiha taqdimoti o‘tkazildi.

Bular - akkumulyator batareyalarini qayta ishlashga mo‘ljallangan yuqori texnologik korxona barpo etish hamda eksportga yo‘naltirilgan zamonaviy bayramona va tadbirlarni yoritish uskunalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish tashabbuslaridir.

Samimiy va amaliy ruhda kechgan muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

Uchrashuvda istiqbolli rejalarni hayotga to‘liq tatbiq etish maqsadida ishbilarmonlik aloqalarini izchil mustahkamlab borishga kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling