Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni mehnat migratsiyasini muhokama qilishdi
Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni mehnat migratsiyasini muhokama qilishdi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 22-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev Saudiya Arabistoni Podshohligining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Saad bin Nosir bin Abdulloh Abu Haymed bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilinib, konsullik-huquqiy sohadagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, fuqarolar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda mehnat migratsiyasi sohasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar raqamli yechimlarni joriy etish, konsullik xizmatlari samaradorligini oshirish va mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishdan ikki davlat ham manfaatdor ekanini taʼkidladilar.
Shuningdek, O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi aloqalarni yanada faollashtirishga xizmat qiladigan qator tashabbuslar muhokama qilinib, ularni vakolatli idoralar ishtirokida amaliy jihatdan ishlab chiqishga kelishib olindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil rivojlantirish va muntazam muloqotni davom ettirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.