Oʻzbekiston va Jiangsu investitsiya hamkorligini mustahkamlamoqda

Oʻzbekiston va Jiangsu investitsiya hamkorligini mustahkamlamoqda

Oʻzbekiston va Jiangsu investitsiya hamkorligini mustahkamlamoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Kasimov boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasining Nankin shahrida Szyansu provinsiyasi gubernatori o‘rinbosari Chjao Yan bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar davomida O‘zbekiston hududlari va Szyansu provinsiyasi o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish hamda investitsiyaviy aloqalarni mustahkamlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Tomonlar sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, yuqori texnologiyali ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish hamda yangi qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirishga o'zaro tayyorligini bildirdilar.

Shuningdek, joriy yilning 20-22-may kunlari Sian shahrida bo‘lib o‘tadigan Uchinchi O‘zbekiston-Xitoy hududlararo forumida Szyansu provinsiyasining yuqori darajadagi ishtirokiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilayotgani alohida qayd etildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling