Oʻzbekiston va Buyuk Britaniya tibbiy taʼlimni rivojlantirmoqda
Oʻzbekiston va Buyuk Britaniya tibbiy taʼlimni rivojlantirmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Tibbiyot va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi hamda Farmatsevtika texnik universiteti rahbariyati ishtirokida Buyuk Britaniyaning sog‘liqni saqlash va taʼlim sohasi eksperti Devid Sheppard bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekistonda tibbiy va farmatsevtika taʼlimini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, zamonaviy taʼlim dasturlarini joriy etish hamda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, tomonlar Buyuk Britaniyaning ilg‘or tajribasi asosida akademik hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma taʼlim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, malaka oshirish kurslarini tashkil etish hamda taʼlim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar.