Oʻzbekiston Turk investitsiya jamgʻarmasi bilan loyihalarni muhokama qildi
Oʻzbekiston Turk investitsiya jamgʻarmasi bilan loyihalarni muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2-may kuni O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Turkiy investitsiya jamg'armasi prezidenti Bag'dod Amreyev bilan uchrashuv o'tkazdi.
Muzokaralar davomida Jamg'armaning joriy holati, operatsion faoliyatini yo'lga qo'yish masalalari va uni institutsional jihatdan shakllantirish bo'yicha navbatdagi choralar muhokama qilindi.
O'zbekiston tomoni Turkiy investitsiya jamg'armasining amaliy ish bosqichiga o'tishini olqishlab, ushbu tuzilmaning turkiy dunyodagi istiqbolli investitsiya salohiyatiga ega ilk qo'shma moliyaviy institut sifatidagi o'rnini alohida ta'kidladi.
Uchrashuvda O'zbekistonning Jamg'arma faoliyatida faol ishtirok etishga, jumladan, sanoat, infratuzilma, transport, qishloq xo'jaligi, raqamli texnologiyalar va boshqa sohalarda investitsiya loyihalari portfelini shakllantirishga bo'lgan qiziqishi qayd etildi.
Tomonlar xalqaro moliya institutlari hamda xususiy investorlarning birgalikda moliyalashtirish mexanizmlarini jalb qilgan holda, O'zbekiston hududida va Markaziy Osiyo mintaqasida aniq tashabbuslarni amalga oshirish imkoniyatlarini ko'rib chiqdilar.
Muloqot yakunida tomonlar loyihalar portfelini shakllantirish va tizimli texnik hamkorlikni yo'lga qo'yish bo'yicha kelgusi tadbirlarni kelishib oldilar.