Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Gonkong Savdo-sanoat palatasi bilan memorandum imzoladi

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Gonkong Savdo-sanoat palatasi bilan memorandum imzoladi

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Gonkong Savdo-sanoat palatasi bilan memorandum imzoladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Gonkongning markaziy ishbilarmonlik hududida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi delegatsiyasi hamda Gonkong Bosh savdo palatasi (HKGCC) rahbariyati o‘rtasida strategik uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi rahbariyati, Jizzax viloyati va xususiy banklar vakillari ishtirok etdi. Gonkong tomonidan esa HKGCC raisi Agnes Chan, InvestHK vakillari hamda yirik biznes doiralari qatnashdi.

Uchrashuvda “yashil” energetika, investitsiyalar, sanoat kooperatsiyasi va tashqi bozorlarga chiqish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Jizzax viloyatining drayver sohalari – avtomobilsozlik, to‘qimachilik va turizm imkoniyatlari taqdim etildi.

Viloyatdagi investitsiya portfelining 90 foizi Xitoy kompaniyalariga tegishli ekanligi va “Zomin” texnoparkining muvaffaqiyatli tajribasi Gonkonglik hamkorlarda alohida qiziqish uyg‘otdi.

Muzokaralarning asosiy natijasi sifatida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Gonkong Bosh savdo palatasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Bu hamkorlik nafaqat savdo aylanmasini oshirish, balki milliy kompaniyalarimizni xalqaro darajadagi ochiq aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish imkonini beradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling