Sardor Isaqulov «Hududiy elektr tarmoqlari» rahbari bo‘ldi
Sardor Isaqulov «Hududiy elektr tarmoqlari» rahbari bo‘ldi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Sardor Isaqulov «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ rahbari etib tayinlandi. U bunga qadar energetika sohasida rahbarlik lavozimlarida ishlagan hamda Toshkent viloyatining ikki tumaniga rahbarlik qilgan.
Isaqulov tayinlovga qadar «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Shuningdek, u Energetika vazirligining Markaziy dispetcherlik boshqarmasiga rahbarlik qilgan.
Isaqulov turli davrlarda Toshkent viloyatining Bekobod va Parkent tumanlariga rahbarlik qilgan.