Navoiyuron ishlab chiqarish hajmini 8,6 trillion soʻmga yetkazdi
Navoiyuron ishlab chiqarish hajmini 8,6 trillion soʻmga yetkazdi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Navoiyuron davlat korxonasi 2026-yil yanvar-iyun oylarida 8,6 trillion soʻmlik tovar mahsulotlarini ishlab chiqardi, bu rejalashtirilgan koʻrsatkichning 102 foizini tashkil etadi. Kompaniyaning PR xizmati maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning shu davriga nisbatan ishlab chiqarish hajmi 13,5 foizga oshgan.
Geologiya qidiruv ishlari prognoz ko‘rsatkichi 103,4 foizga bajarilib, o‘sish surʼati 103,6 foizni tashkil etdi, texnologik burg‘ilash ishlari 138,0 foiz o‘sish surʼati bilan 131,5 foizga, mahsuldor eritmalarni qayta ishlash hajmi 115,7 foiz o‘sish surʼati bilan 106,2 foizga va uran qazib olish 119,4 foiz o‘sish surʼati bilan 101,7 foizga bajarildi.
Eksport hajmi ko‘rsatkichlari 142,4 foiz o‘sish surʼati bilan 110,3 foizga bajarildi. Investitsiya dasturi loyihalarini amalga oshirish doirasida korxonada 143,0 foiz o‘sish surʼati bilan 80,8 mln dollar kapital qo‘yilma o‘zlashtirildi yoki prognozga nisbatan 107,7 foizga bajarildi hamda 75 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Hisobot davrida mahalliylashtirish dasturidagi 18 ta loyiha doirasida 87,5 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, prognoz ko‘rsatkichi 102,1 foizga bajarildi, o‘sish surʼati 145,9 foizni tashkil etdi.
Sanoat kooperatsiyasi asosida mahalliy korxonalardan mahsulot xarid qilish hisobot davrida 910,3 mlrd so‘mlik yoki shu davr prognoziga nisbatan 100,9 foizga mahsulot xarid qilinib, o‘sish surʼati 156,5 foizni tashkil etdi.
Importni qisqartirishning maqsadli ko‘rsatkichlari 29,9 mln dollarga yoki prognozga nisbatan 100,9 foizga bajarilib, o‘sish surʼati 139,2 foizni tashkil etdi.
Hisobot davrida jami tannarxni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarning bajarilishi korxona bo‘yicha 272,5 mlrd so‘mni tashkil etdi, rejaga ko‘ra 153,9 foizga bajarildi hamda o‘sish surʼati 127,4 foizga taʼminlandi.
Budjetga to‘lovlar va soliqlar qiymati 3,1 trillion so‘mni yoki prognoz ko‘rsatkichiga nisbatan 126,7 foizni tashkil etdi.