O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

“Oʻzeltexsanoat” Xitoyning CFES kompaniyasi bilan loyihalarni muhokama qildi

UzDaily tahririyati · 21.07.2026 · 12:45 · 68 views
“Oʻzeltexsanoat” Xitoyning CFES kompaniyasi bilan loyihalarni muhokama qildi

“Oʻzeltexsanoat” Xitoyning CFES kompaniyasi bilan loyihalarni muhokama qildi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Xitoyning China Electronic Financial Equipment Systems (CFES) kompaniyasi raisi Hu Dan boshchiligidagi delegatsiya "O‘zeltexsanoat" uyushmasiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida "O‘zeltexsanoat" uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov boshchiligida ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazildi.

Muzokaralarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinib, xususan, O‘zbekistonda moliyaviy xizmatlar uchun hisoblash texnologiyalari, to‘lov avtomatlari hamda ushbu yo‘nalishdagi zamonaviy texnologik mahsulotlarni birgalikda ishlab chiqarish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

China Electronic Financial Equipment Systems (CFES) — internet, telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari sohalari uchun kompleks yuqori texnologik yechimlarni taqdim etuvchi Xitoyning yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Korxona bankomatlar, naqd pulni qayta ishlash tizimlari (Cash Recycling System), yuqori tezlikdagi terminallar, virtual kassirlar (VTM), sun'iy intellekt asosidagi yechimlar va boshqa moliyaviy uskunalarni ishlab chiqaradi.

Kompaniya mahsulotlari dunyoning 100 dan ortiq mamlakat va hududlarida qo‘llanilib, 2025-yil yakunlariga ko‘ra yillik daromadi 1,2 milliard AQSH dollarini tashkil etgan.