O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
O‘zbekiston

Oʻzbekiston Prezidenti Turkiyaga joʻnab ketdi

Dilafro'z Niyazova · 29.01.2026 · 13:04 · 1021 views
Oʻzbekiston Prezidenti Turkiyaga joʻnab ketdi
Oʻzbekiston Prezidenti Turkiyaga joʻnab ketdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi.

Anqara shahrida Oʻzbekiston va Turkiya yetakchilari oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining toʻrtinchi yigʻilishini oʻtkazadilar.

Tashrif dasturiga muvofiq, bir qator gumanitar tadbirlarda ishtirok etish nazarda tutilgan.