O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Oʻzbekiston Prezidenti Gruziyaning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi

UzDaily tahririyati · 02.07.2026 · 22:55 · 26 views
Oʻzbekiston Prezidenti Gruziyaning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi

Oʻzbekiston Prezidenti Gruziyaning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Tbilisi shahridagi tadbirlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Gruziyaning oliy davlat mukofoti – “Oltin moʻyna” ordeni bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston – Gruziya koʻp qirrali munosabatlarini rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun davlatimiz rahbariga ushbu mukofotni Gruziya Prezidenti Mixail Kavelashvili topshirdi.

Oʻzbekiston yetakchisi Gruziya Prezidenti Mixail Kavelashvili, Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze hamda Parlament Raisi Shalva Papuashviliga yuksak mukofot uchun minnatdorlik bildirib, doʻst Gruziya xalqiga tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladi.

1998-yilda taʼsis etilgan “Oltin moʻyna” ordeni mamlakatning oliy davlat mukofotlaridan biri boʻlib, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni mustahkamlash hamda gruzin madaniyati, ilm-fani va sanʼatini targʻib etish borasidagi alohida xizmatlar uchun beriladi.

Ordenning nomi Oltin moʻyna haqidagi qadimgi yunon afsonasi hamda hozirgi Gruziya hududida joylashgan tarixiy oʻlka – Kolxida bilan bogʻliq.

Turli yillarda mazkur yuksak mukofot bilan Buyuk Britaniya Qirolichasi Yelizaveta II, Iordaniya Podshohi Abdulla II, Germaniya Kansleri Gerxard Shryoder, Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan, Ozarbayjon Prezidenti Haydar Aliyev va boshqalar taqdirlangan.

Shuningdek, davlatimiz rahbari Orbeliani saroyining Faxriy mehmonlar kitobiga samimiy tilaklarini yozib qoldirdi.