O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

O‘zbekiston TDT va Vengriya bilan iqlim loyihalarini muhokama qildi

UzDaily · 19.06.2026 · 12:30 · 34 views
O‘zbekiston TDT va Vengriya bilan iqlim loyihalarini muhokama qildi

O‘zbekiston TDT va Vengriya bilan iqlim loyihalarini muhokama qildi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 18-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT)ning Vengriyadagi vakolatxonasi Ijrochi direktori, TDT huzuridagi Qurg‘oqchilikning oldini olish instituti Kengashi raisi Balaj Xendrik hamda Vengriyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yojef Roja bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat davomida TDT doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari, shuningdek, o‘zaro manfaatli yo‘nalishlar bo‘yicha O‘zbekiston-Vengriya hamkorligini kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

TDT huzuridagi Qurg‘oqchilikning oldini olish instituti faoliyatiga, jumladan, suv resurslarini oqilona boshqarish, iqlim o‘zgarishiga moslashish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish va oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash sohalaridagi qo‘shma tashabbus va loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

UzDaily · 👁 34 views · 19.06.2026 · 12:30