O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekiston Germ Gold bilan hamkorlikni muhokama qildi

UzDaily · 23.04.2026 · 12:30 · 545 views
Oʻzbekiston Germ Gold bilan hamkorlikni muhokama qildi
Oʻzbekiston Germ Gold bilan hamkorlikni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 22-aprel kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari U.Yusupov, vazirlik mutasaddilari bilan birgalikda Germ Gold kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
 
Uchrashuvda tomonlar bir-birlariga oʻz faoliyatlari hamda sohadagi ish tajribalari yuzasidan ma’lumot berdilar, shundan soʻng amaliy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, muloqot davomida tomonlar xomashyo taʼminoti tizimini takomillashtirish, qoʻshimcha qiymat zanjirini yaratish hamda sohaga ilgʻor texnologiyalarni joriy etish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.