Oʻzbekiston elektrotexnika sanoatida standartlarni yangilaydi

Oʻzbekiston elektrotexnika sanoatida standartlarni yangilaydi

Oʻzbekiston elektrotexnika sanoatida standartlarni yangilaydi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zeltexsanoat” uyushmasi hamda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamkorligida energetika va elektrotexnika sohasida faoliyat yurituvchi korxonalar, tadbirkorlar va mutasaddilar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

Tadbirda 2026-yil 1-maydan boshlab standartlarni ixtiyoriy qo‘llash amaliyotiga o‘tilishi, xalqaro standartlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilish, xavf-xatarga asoslangan nazorat tizimini joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, 2026–2028-yillarda 7 865 ta xalqaro standartni qabul qilish, shundan 750 tasini elektrotexnika sohasiga joriy etish rejalashtirilgani qayd etildi.

Uchrashuvda “Conformity Uzbekistan” milliy muvofiqlik belgisi, mahsulotlarni xavf tahlili asosida baholash, bozor nazoratini takomillashtirish hamda TRIS platformasi orqali sertifikatlashtirish, laboratoriya, metrologiya va davlat nazorati xizmatlarini elektron shaklda amalga oshirish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.

Muloqot davomida tadbirkorlar eksportdagi texnik to‘siqlar, xalqaro sertifikatlashtirish, laboratoriya imkoniyatlarini kengaytirish va mahsulotlar sifatini oshirish bo‘yicha takliflarini bildirdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling