Oʻzbekiston delegatsiyasi Istanbulda Parlamentlararo Ittifoq Assambleyasida ishtirok etmoqda

Oʻzbekiston delegatsiyasi Istanbulda Parlamentlararo Ittifoq Assambleyasida ishtirok etmoqda

Oʻzbekiston delegatsiyasi Istanbulda Parlamentlararo Ittifoq Assambleyasida ishtirok etmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi ayni kunlarda Istanbul shahrida o‘tayotgan Parlamentlararo ittifoqning 152-assambleyasida faol ishtirok etmoqda.

Mazkur nufuzli anjuman bu gal “Kelajak avlodlar manfaatlari yo‘lida ishonchni mustahkamlash, barqaror tinchlikni taʼminlash va adolatni qaror toptirish” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda global ahamiyatga ega masalalar muhokama qilinadi.

Tashrif doirasida delegatsiya aʼzolari bir qator muhim muloqot va forumlarda qatnashishi rejalashtirilgan. Parlament ayol aʼzolari forumi, Qo‘shilmaslik harakati parlament tarmog‘ining 5-konferensiyasi hamda Yosh parlament aʼzolari forumi shular jumlasidandir.

Shu bilan birga, O‘zbekiston delegatsiyasining parlamentlararo hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan ikki tomonlama uchrashuvlari o‘tkaziladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling