O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

Norvegiya Braziliyani mag‘lub etib, chorak finalga chiqdi

UzDaily tahririyati · 06.07.2026 · 10:37 · 33 views
Norvegiya Braziliyani mag‘lub etib, chorak finalga chiqdi

Norvegiya Braziliyani mag‘lub etib, chorak finalga chiqdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Norvegiya milliy terma jamoasi futbol bo‘yicha jahon chempionati tarixida ilk bor chorak finalga yo‘l oldi. Jamoa musobaqaning 1/8 finalida Braziliyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv AQSHning Nyu-Jersi shtatidagi Ist-Raterford shahrida bo‘lib o‘tdi.

Uchinchirashuvning bosh qahramoni Erling Xoland bo‘ldi. Norvegiya terma jamoasi hujumchisi dubl qayd etib, 79 va 90-daqiqalarda gol urdi. Braziliyaning yagona golini Neymar 90+10-daqiqada penaltidan kiritdi.

Braziliya birinchi bo‘limda ham penalti ishlab olgan edi. Biroq 14-daqiqada Bruno Gimarayns raqib darvozabonini dog‘da qoldira olmadi.

Chorak finalda Norvegiya Meksika va Angliya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv g‘olibi bilan bahs olib boradi.

Bu natija Norvegiya uchun tarixiy yutuq bo‘ldi. Jamoa ilk bor jahon chempionatining 1/8 final bosqichidan o‘ta oldi. Bungacha norvegiyaliklar jahon chempionatida uch marta ishtirok etgan bo‘lib, 1938 va 1998 yillarda 1/8 finalda musobaqani tark etgan, 1994 yilda esa guruh bosqichidan chiqa olmagan.

2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksikada o‘tkazilmoqda hamda ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirokida tashkil etilmoqda. Turnir 19 iyul kuni yakunlanadi. Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi.