Mirziyoyev Filippin Prezidentiga kuchli zilzila munosabati bilan taʼziya bildirdi
Mirziyoyev Filippin Prezidentiga kuchli zilzila munosabati bilan taʼziya bildirdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Filippin Respublikasi Prezidenti Ferdinand Markosga Mindanao orolining janubiy qirg‘oqlari yaqinida sodir bo‘lgan kuchli zilzila oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jabrlangani munosabati bilan taʼziya yo‘lladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.
O‘z murojaatida O‘zbekiston Prezidenti halok bo‘lganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga, shuningdek, butun Filippin xalqiga samimiy hamdardlik va qo‘llab-quvvatlash so‘zlarini izhor etdi.
Davlat rahbari barcha jabrlanganlarga tezroq sog‘ayib ketishini hamda tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan hududlarning tez fursatda tiklanishini tiladi.
Mavjud maʼlumotlarga ko‘ra, magnitudasi 7,8 bo‘lgan zilzila oqibatida 37 kishi halok bo‘lgan, 450 nafardan ortiq fuqaro turli darajada jarohat olgan.
#Shavkat Mirziyoyev