Markaziy Osiyo va Rossiya sanoat hamkorligini mustahkamlamoqda

Markaziy Osiyo va Rossiya sanoat hamkorligini mustahkamlamoqda

Markaziy Osiyo va Rossiya sanoat hamkorligini mustahkamlamoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 20-aprel kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Toshkentda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya Federatsiyasi sanoat vazirlarining birinchi yig‘ilishida ishtirok etdi.

O‘zbekiston tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu yangi muloqot formati istiqbolli loyihalarni hayotga tatbiq etuvchi muhim mexanizmga aylanadi.

Bugungi kunda O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotida sanoatning ulushi 27 foizga yetdi, ishlab chiqarish hajmi esa ikki baravarga ortdi. 2025-yilda hamkor davlatlar bilan tovar ayirboshlash hajmi 21 milliard dollardan oshgan bo‘lsa, 2026-yilning birinchi choragida bu ko‘rsatkich yana 26 foizga yuksaldi.

Uchrashuv davomida savdo munosabatlaridan keng ko‘lamli sanoat hamkorligiga o‘tish zarurligi alohida qayd etildi.

Shuningdek, sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirish bo‘yicha yagona dastur ishlab chiqish hamda 10 ming nafar malakali mutaxassis tayyorlashga qaratilgan “Yosh sanoat yetakchilari – 2030” dasturini ishga tushirish takliflari ilgari surildi.

Hozirda qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish maqsadida ekspertlar guruhi shakllantirilmoqda. Muzokaralar yakunida tomonlar o‘rtasida qo‘shma Kommyunike imzolandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling