Latviyada ishlamoqchi bo‘lganlarning huquqlari davlat darajasida himoya qilinadi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Rigadagi navbatdagi uchrashuv Latviya Ichki ishlar vazirligining Parlament kotibi Igor Rayevs hamda vazirlik mas’ullari bilan bo‘lib o‘tdi.
Muloqotda, Latviyada ishlash istagida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarini xavfsiz, tartibli va tashkillashtirilgan tarzda jalb qilish, huquqiy himoyasini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.