O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

"Kuwait Investment Company" kompaniyasi boshqaruvchi direktori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Dilafro'z Niyazova · 18.02.2025 · 08:52 · 669 views
"Kuwait Investment Company" kompaniyasi boshqaruvchi direktori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
"Kuwait Investment Company" kompaniyasi boshqaruvchi direktori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘ziga ajratilgan qarorgohda "Kuwait Investment Company" kompaniyasi bosh ijrochi direktori Favoz al-Ahmadni qabul qildi.

Asosiy aksiyadori Kuvayt investitsiya agentligi bo‘lgan kompaniya 1961-yilda tashkil etilgan. Aktivlarni boshqarish, investitsion banking, xususiy biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanadi.

Ta’lim, infratuzilma, agrosanoat, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish qo‘llab-quvvatlandi.