Kannavaro JCH-2026 uchun O‘zbekiston tarkibini eʼlon qildi

Kannavaro JCH-2026 uchun O‘zbekiston tarkibini eʼlon qildi

Kannavaro JCH-2026 uchun O‘zbekiston tarkibini eʼlon qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston milliy futbol terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etadigan jamoaning yakuniy tarkibini eʼlon qildi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi maʼlumotiga ko‘ra, qaydnomaga 26 nafar futbolchi kiritilgan.

Kengaytirilgan ro‘yxatdan to‘rt nafar futbolchi — Umarali Rahmonaliyev, Ruslanbek Jiyanov, Sherzodbek Temirov va Jasur Jaloliddinov chiqarildi.

Darvozabonlar chizig‘idan “Navbahor” klubi vakili O‘tkir Yusupov, “Neftchi” futbolchisi Botirali Ergashev hamda “Nasaf” darvozaboni Abduvohid Neʼmatov o‘rin olgan.

Himoya chizig‘iga “Istiqlol” klubi futbolchisi Rustamjon Ashurmatov, “Nasaf” vakili Umarbek Eshmurodov, AGMK futbolchisi Avazbek Ulmasaliyev, Abduqodir Husanov, shuningdek O‘zbekiston, BAA, Turkiya va Eron klublarida to‘p surayotgan bir qator boshqa futbolchilar kiritilgan.

Yarim himoya va hujum chizig‘ida milliy chempionat hamda xorij klublarida faoliyat yuritayotgan futbolchilar jamlangan. Ular orasida Azizjon G‘aniyev, Otabek Shukurov, Jaloliddin Masharipov, Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev ham bor.

Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi K guruhida ishtirok etadi. Jamoa guruh bosqichida 18 iyun kuni Kolumbiya, 23 iyun kuni Portugaliya va 28 iyun kuni Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling