7
Sport

Jaysunov WT prezidenti Kubogida oltin medalni qo‘lga kiritdi

Jaysunov WT prezidenti Kubogida oltin medalni qo‘lga kiritdi
Jaysunov WT prezidenti Kubogida oltin medalni qo‘lga kiritdi / Foto: Olimpiya Qo'mitasi Matbuot Xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston terma jamoasi Lohurda taekvondo bo‘yicha WT World Taekwondo President‘s Cup — Asia musobaqasining ikkinchi kungi bahslarida ikki medalga ega chiqdi.

Jasurbek Jaysunov 80 kggacha bo‘lgan vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi, Ozoda Sobirjonova esa 67 kggacha bo‘lgan vazn toifasida kumush medal sohibi bo‘ldi.

Jaysunov o‘z vazn toifasida shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. Sobirjonova esa musobaqani kumush medal bilan yakunladi.

Shu tariqa, musobaqaning ikkinchi kuni yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston vakillari jamoaning medallar jamg‘armasini ikkita medal — oltin va kumush bilan to‘ldirdi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.